Thursday, 30 June 2016 00:00

Aktsiyadorlik jamiyatlari to’g’risidagi qonunlarga kiritilgan yangiliklar muhokama qilindi.

Qimmatli qog’ozlar bozorini o’zaro muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan 2016 yil 6 mayda aktsiyadorlik jamiyatlari to’g’risidagi qonunlarga kiritilgan yangiliklar mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida aktsiyadorlik jamiyatlari, fond bozori boshqa ishtirokchilari, shuningdek OAV vakillari uchun seminar o’tkazildi.

Eslatib o’tamiz, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunni takomillashtirish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy qilish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4720-sonli Farmoni ijrosi yo’lida amalga oshirilgan. O’tgan yili ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilgan, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingandan va Senat tomonidan 2016 yil 31 martda tasdiqlangandan so’ng mamlakat rahbari tomonidan 2016 yil 25 aprelda imzolangan Qonun.

Qonunning 18, 25, 40, 51, 59, 60-moddalariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilgan.

Tadbir davomida Markaz xodimlari ham AJ vakillariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan qarori bilan tashkil qilingan Yagona korporativ axborot portalida ma’lumotlarni ochish tartibini batafsil izohlab o’tdilar, seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berdilar.

Seminar yakunlangandan so’ng, aktsiyadorlik jamiyatlariga kelgusida aktsiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishlari munosabati bilan qonunlarning dolzarb me’yorlariga, shu jumladan “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunga kiritilgan tuzatishlarga so’zsiz rioya qilinishini tashkil qilish bo’yicha tavsiyalar berildi. 

Respublikada investitsiyalarni, shu jumladan bevosita investitsiyalarni keng jalb qilish, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularning potentsial investorlar uchun ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, shuningdek Respublika korxonalari strategik boshqaruvida aktsiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha o’tkazilayotgan islohotlar seminar ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.

Manba: Qimmatli qog’ozlar bozorini o’zaro muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi.

Yangiliklarga obuna

Yangiliklari «SARBON-NEFTEGAZ» AJ

So'rov

Nima siz bizning saytimizga kabi?

ha - 0%
yo'q - 0%

Total votes: 0

Ob-havo. Valyuta kursi.

Bog'lanish

Манзил: г. Ташкент, ул. Аэродромная, 118.
Телефон: (+99871) 231-78-41
Факс: (+99871) 231-78-44

Top