Tarixi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi 3202-sonli Farmoniga muvofiq, jamiyatning Ustav fondi 55091,0 ming so’mga yetkazildi. Ustav fondi o’tgan yillar taqsimlanmagan foydasi hisobiga aktsiya nominal qiymatini 200 so’mdan 500 so’mgacha oshirish orqali ko’paytirildi. “Sarbon-Neftegaz” OAJ Ustav fondi oshirilishi Toshkent shahar Davlat mulk qo’mitasining 2003 yil 23 apreldagi “109 k-po”-sonli buyrug’i va Toshkent shahar Hamza tuman hokimiyatining 2003 yil 30 apreldagi 673-sonli qarori bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.

2005 yil yakunlari bo’yicha aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining 2006 yil 21 apreldagi qarori bilan Ustav fondi oshirilgan va aktsiya nominal qiymatini 500 so’mdan 1000 so’mgacha oshirish orqali 110182 ming so’mga yetkazilgan. Ustav fondi oshirilishi Davlat mulk qo’mitasining 2006 yil 16 iyundagi “145 k-PO”-sonli buyrug’i bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4053-sonli Farmoniga muvofiq, jamiyatning Ustav fondi o’tgan yillar taqsimlanmagan foydasi hisobiga aktsiya nominal qiymatini 1000 so’mdan 8000 so’mgacha oshirish orqali ko’paytirildi. “Sarbon-Neftegaz” OAJ Ustav fondi oshirilishi Toshkent shahar Davlat mulk qo’mitasining 2009 yil 04 maydagi “115 k-PO”-sonli buyrug’i bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.

2013 yil 01 iyuldagi holat bo’yicha “Sarbon-Neftegaz” OAJ Ustav fondi – har biri 10000 so’m nominal qiymatga ega 110182 ta aktsiyaga bo’lingan 1 101 820 ming so’mni tashkil qilgan. 51% davlat hissasi “O’zgeoburneftegaz” AK Ustav fondiga o’tkazilgan, 49% - jismoniy shaxslar hissasi.

2014 yil 26 iyundagi aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi qarori bilan jamiyat aktsiyalarini 1:10 koeffitsiyentda kasrlash amalga oshirilgan, uning yakunlari bo’yicha jamiyatning 10000 so’m nominal qiymatli 1 ta oddiy aktsiyasi har biri 1000 so’m nominal qiymatli 10 ta oddiy aktsiyaga bo’lingan. Umumiy nominal qiymati 1 101 820 000 so’mni tashkil qilgan yangi – har biri 1000 so’m nominal qiymatli 1 101 820 dona oddiy aktsiya chiqarilishi amalga oshirilgan.

“Sarbon-Neftegaz” Ochiq aktsiyadorlik jamiyati (OAJ) “Sarbon-Neftegaz” Aktsiyadorlik jamiyati (AJ)ga qayta nomlangan.

Yangi Ustav 2014 yil 24 iyulda Toshkent shahar Hamza tuman hokimiyati tomonidan 07-000062-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.

Naqd pulsiz aktsiyalar va ularning saqlanishi Markaziy qimmatli qog’ozlar depozitariyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Aktsiyalar uchun huquqlarni hisobga olish quyidagi xizmat ko’rsatuvchi investitsion vositachilar tomonidan amalga oshiriladi:

  • «TSIAR-DEPO» MCHJ;
  • «NEFTEGAZDEPOZIT» MCHJ;
  • «TAT-REESTR» MCHJ;
  • «DALAL-STANDART» MCHJ;
  • «KAPITAL-DEPOZIT» MCHJ.

Investitsion vositachilar o’z deponentlari schyotlarida Markaziy qimmatli qog’ozlar depozitariyasidagi korrespondentlik schyotlarida umumiy hisobga olinadigan hujjatlashtirilmagan qimmatli qog’ozlar uchun huquqlar hisobi (uchyoti)ni olib boradilar.

“Sarbon-Neftegaz” AJ “O’zbekneftegaz” MXKning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi, neft-gaz tarmog’i korxonalari va tashkilotlariga yuklarni, yo’lovchilarni tashish bo’yicha transport xizmatlarini ko’rsatadi.

Korxona Toshkent shahar, Yashnobod (eski - Xamza) tumani, “Aerodrom” ko’chasi, 118 manzili bo’yicha joylashgan. Yer uchastkasi maydoni 7,0 ga, shu jumladan ishlab chiqarish ob’ektlariga ajratilgan maydon 1,3 ga.ni tashkil qiladi. Korxona hududida ta’mirlash ustaxonalari, peshayvonlar va ma’muriy-maishiy majmua mavjud.

Korxona balansida Uchtepa tumani sanoat zonasida joylashgan 0,6155 ga maydonga ega avtomobillar to’xtab turishi uchun ishlab chiqarish uchastkasi mavjud.  

Korxonada ishlab chiqarish vazifalarini amalga oshirish uchun 152 ta avtomobil mavjud bo’lib, ulardan:

  • Yuk tashuvchi bortli va maxsus avtomobillar – 57 ta birlik;
  • Engil va maxsus yengil avtomobillar – 80 ta birlik;
  • Avtobuslar va mikroavtobuslar – 15 ta birlik.

2013 yil uchun “Sarbon-Neftegaz” AJ transport xizmatlari hajmi transport xizmatlari bozori shart-sharoitlariga, korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlariga va iste’molchilar talabiga asoslanib belgilanadi. 2013 yilda transport xizmatlaridan 8 100 mln. so’m miqdorda daromad olish: parkning chiqarish koeffitsiyenti – 0,503, parkning texnik tayyorgarlik koeffitsiyenti – 0,883, umumiy 4 815 ming km yo’l yurish bilan 225 690 mashina-soat naryadni bajarish orqali “O’zbekneftegaz” MXK korxonalari va tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash, 612 mln so’m miqdorida balans foydasini olish va korxona ixtiyorida 500 mln so’m sof foyda qoldirish rejalashtirilmoqda.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Yangiliklarga obuna

Yangiliklari «SARBON-NEFTEGAZ» AJ

So'rov

Nima siz bizning saytimizga kabi?

ha - 0%
yo'q - 0%

Total votes: 0

Ob-havo. Valyuta kursi.

Bog'lanish

Манзил: г. Ташкент, ул. Аэродромная, 118.
Телефон: (+99871) 231-78-41
Факс: (+99871) 231-78-44

Top