Aktsiyadorlar yillik umumiy yig`ilishining o`tqazilishi to`g`risida
XABARNOMA HURMATLI
«SARBON-NEFTEGAZ» AJ AKTSIYADORLARI
Sarbon-Neftegaz» АJ (manzili: 100050, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, “Aerodrom” ko’chasi, 118, http://www.sarbon-neftegaz.uz/, e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.) 2018 yil 26 iyunda soat 16-00 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, “Aerodrom” ko’chasi, 118 manzili bo’yicha«Sarbon-Neftegaz» АJ aktsiyadorlarining umumiy yig`ilishini o’tkazishi haqida e`lon bermoqda.
KUN TARTIBI:
- «Sarbon-Neftegaz» АJ aksiyadorlarining umumiy yig'ilishining kotibi va sanoq komissiyasining soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
- «Sarbon-Neftegaz» АJ aksiyadorlarining umumiy yig'ilishining reglamentini tasdiqlash.
III. «Sarbon-Neftegaz» АJning Kuzatuv kengashi hisobotini 2017-yilda faoliyati yakunlarini ko'rib chiqish.
- 2017 yil uchun «Sarbon-Neftegaz» АJ Boshqaruv Raisining moliya-ho`jalik faoliyati natijalari hisobotini va biznes rejasi ijrosini ko'rib chiqish va jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo`yicha ko`rilayotgan.
- «Sarbon-Neftegaz» АJning 2017 yildagi faoliyatini tekshirish natijalari bo`yicha taftish komissiyasi hulosasini ko'rib chiqish.
- Jamiyatning 2017 yil bo`yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo`yicha mustaqil tashkilotning MCHJ АТ «Buxgalter-audit» hulosasi ko'rib chiqish.
VII. 2017 yil yakunlari moliya-ho`jalik faoliyatini tekshirish natijalari Halqaro va milliy auditorlik standartlariga muvofiqligi bo`yicha tashqi auditorlar hulosalarini ko'rib chiqish.
VIII. «Sarbon-Neftegaz» АJning 2017 yil uchun yillik hisobotini ko'rib chiqish va tasdiqlash.
IХ. «Sarbon-Neftegaz» АJning 2017 yilda olingan foydasini taqsimlash va dividendlarni to`lash tasdiqlash.
Х. Jamiyatining Boshqaruv Raisi o`rtasidagi mehnat shartnomasini bir yillik muddatga uzaytirish to`g`risida.
ХI. "Sarbon-Neftegaz" AJning boshqarish lavozimlarga tanlash tanlov reglamentini yangi tahrirda tasdiqlash.
ХII. Affillangan shaxslar bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xo`jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig'ilishigacha bo`lgan davrda tuzilishi mumkin bo`lgan bitimlarni ma`qullash.
ХIII. Jamiyatining taftishchi saylash.
ХIV. Jamiyatining Kuzatuv kengashini a`zolarini saylash.
Aktsiyadorlarning umumiy yig`ilishini o’tkazishi to`g`risida xabar berish uchun aktsiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi - 14.06.2018 y.
Aktsiyadorlarning umumiy yig`ilishida qatnashish huquqiga ega bo`lgan aktsiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi - 20.06.2018 y.
Aktsiyadorlarda ularning shahsini tasdiqlovchi hujjat bo`lishi shart. Aktsiyadorlar vakillarida amaldagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan ishonch qog`ozi va ularning shahsini tasdiqlovchi hujjat bo`lishi lozim.
Aktsiyadorlarni ro`yhatga olish va materiallar bilan tanishish jarayoni Jamiyatining binosida 15:30 dan 15:55 o`tkaziladi.